O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan.
Mazkur masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari doirasida tuman Kengashi deputati I.Azimov tomonidan “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Umar mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mahallada aholining tomorqa xo‘jaliklarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida artizan quduq qazib berish ishlari jarayoni bilan tanishildi hamda mazkur ishlarning qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotganligi ko‘rib chiqildi.