Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputati O.Dadajonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida savolnomaga asosan o‘rganish olib borildi.
🔎 Savolnomaga asosan, markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, zarur yordam va ko‘mak berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♿️ Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning individual ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlar va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, zarur hollarda boshqa turdagi ko‘maklarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.
📋 O‘rganish davomida markazda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishi, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 O‘rganish yakunida savolnomada belgilangan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.