Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda imkoniyati cheklangan bolalar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning holati o‘rganildi. Ota-onalari bilan suhbatlashilib, mavjud ehtiyoj va murojaatlar tinglandi.
Shuningdek, ota-onalarga “Bu kun”, “Kunduzgi parvarish”, “Erta aralashuv” hamda “Uyda qarab turish” xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
Deputat tomonidan bolalar va ularning oilalariga zarur amaliy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari nazoratga olindi.