35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KOMMUNAL VA SOLIQ TO‘LOVLARI — MAHALLA RIVOJIGA HISSA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda mahallabay o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Barkamol” MFYda fuqarolarning kommunal va soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi bilan suhbatlashilib, kommunal hamda soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish mahallaning obodligi, infratuzilmasini yaxshilash va hudud rivojiga munosib hissa qo‘shishi haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, mazkur yo‘nalish deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2