Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Andijon viloyat Kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda siyosiy partiya va Kengash kotibiyati o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda saylovchilar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.