35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Guliston MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Guliston MFY xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda mavjud masalalarni manzilli hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.