35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Urganjibog‘” MFY “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan:
20 nafar fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun vaucherlar berilgan;
2 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanomalar berilgan;

2 nafar voyaga yetmagan bolani vasiylikka olish masalasida fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan;
12 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga PM va ERTV mahsulotlari taqdim etilgan.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda sog‘lomlashtirish maqsadida sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida fuqarolarning mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, yo‘llanmalar ajratish mezonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2