35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Sport uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Maktab stadioni holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hududda chiqindilarni tozalash va olib chiqib ketish holati o‘rganildi
янв.21
Tuman markaziy istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktablarga olib boruvchi ko‘chalarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga kiritilgan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida manzilli ro‘yxatga kiritilgan ichki yo‘llarda belgilangan ishlar qay darajada amalga oshirilgani, ta’mirlash ishlarining boshlangani yoki boshlanmagani hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi masalalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Nazorat-tahlil tadbiri jarayonida tumanning “S.Raximov” mahallasidagi Barhayot ko‘chasidagi ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ushbu hududda ta’mirlash ishlari boshlanmaganligi aniqlandi.

🔺Deputatlar tomonidan aholi uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini asossiz ravishda kechiktirishga yo‘l qo‘ymaslik, manzilli ro‘yxatga kiritilgan obyektlar bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Aniqlangan holat yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 3