35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 10.08 - 14.08 ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 03 - 07.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
QONUN IJROSI YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani kengashi raisi B. Enazarovlar hamkorligida  2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 6-iyul kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishi ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Bahoriston mahallasi hududida joylashgan ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🌏O‘rganishlar davomida ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy muassasalarda isitish tizimlarining shayligi, tom qismlari, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va sanitariya holati, shuningdek, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🌏Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda elektr energiyasi va issitish tizimidagi aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, muassasalarni barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🌏Ta’kidlanganidek, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3