35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 10.08 - 14.08 ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 03 - 07.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
QONUN IJROSI YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, Kengashdagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari J.Sadirov, Yo.Xolmurotov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida, avvalo, hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi holati tahlil qilindi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, kasalliklar profilaktikasi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham atroflicha tahlil qilindi. Aholi o‘rtasida kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik ko‘riklarni sifatli tashkil etish, dispanser nazoratidagi bemorlar bilan ishlash, yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Deputatlik guruhi tomonidan kasalliklarning oldini olishda faqat tibbiy muassasalarning emas, balki aholining tibbiy madaniyati va o‘z salomatligiga mas’uliyatli munosabati ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli tushuntirish ishlarini olib borish va kasalliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish yo‘nalishidagi ishlar ham tahlil qilindi. Aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tuman Tibbiyot birlashmasining sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlari ham tahlil qilindi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish qamrovi, profilaktik tadbirlar samaradorligi, bemorlarning murojaatlari, tibbiy xizmat sifati va muassasaning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish holati yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq ayrim muammolar ham aniqlandi. Jumladan, muassasa faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, elektron tizimlardan samarali foydalanish va axborot texnologiyalarini joriy etish uchun 37 ta kompyuter texnikasiga ehtiyoj mavjudligi ma’lum qilindi. Mazkur ehtiyojni bosqichma-bosqich qoplash tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, hujjatlar bilan ishlash jarayonini tezlashtirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, tibbiyot birlashmasida malakali shifokorlar yetishmasligi ham asosiy muammolardan biri sifatida qayd etildi. Ayrim yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash, mavjud tibbiy xodimlarning malakasini oshirish va yosh mutaxassislarni hududga jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, muassasaning ayrim xonalarida konditsionerlar mavjud emasligi ham o‘rganish davomida ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, yoz mavsumida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida xonalarni zarur sovitish tizimlari bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

🔻Deputatlik guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur masala Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 8