❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarorining 2026 yil II chorak yakuni bo‘yicha tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi masala kiritilmoqda.
📌Mazkur masalani doimiy komissiya muhokamasiga kiritishdan avval, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sharipov Alisher Eduardovich tomonidan Qalqon va Olmos mahallalarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔰O‘rganish davomida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash hamda qarorda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.
✅O‘rganish natijalari doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.