35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan uchrashuv va o‘rganish ishlari davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi hamda ularning yechimi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqaro D.Davronov tomonidan "Yangi obod" ATX 118, 119, 120 va 121-uylar oldida joylashgan ichki ko‘chani asfaltlashtirish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘chaning ta’mirtalab holati transport vositalari va piyodalar harakatlanishida noqulayliklar tug‘dirayotgan bo‘lib, ayniqsa yomg‘irli mavsumda fuqarolar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Deputat tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masala joyiga chiqib o‘rganilib, ko‘chaning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi hamda aholi fikr va takliflari tinglandi. O‘rganish davomida ushbu hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki ko‘chani asfaltlashtirish orqali fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ichki ko‘chani asfaltlashtirish masalasini ko‘rib chiqish hamda ushbu yo‘nalishda tegishli amaliy choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6