35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
"Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida "Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar uchun xavfsiz yashash muhitini yaratish maqsadida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan va amalda o‘rnatilgan nuqtalar, ularning qamrov darajasi, mahalla ko‘chalari, ichki yo‘laklar hamda jamoat joylarini to‘liq nazorat bilan qamrab olish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud kuzatuv tizimlarini yanada kengaytirish, kameralarning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda ularga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Muhokama davomida "Xavfsiz hudud" konsepsiyasini to‘liq amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash hamda profilaktika tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3