35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 10.08 - 14.08 ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 03 - 07.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
QONUN IJROSI YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
“Jo‘yjangal” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan saylov okrugi hududiga qarashli “Jo‘yjangal” mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosi doirasida mahallada aholi turmush sharoitini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va obodonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati ko‘rib chiqildi.
Mazkur jarayonda Termiz shahar hokimi o‘rinbosari B.Ergashov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Abdumannotov ham ishtirok etdilar.
Qaror doirasida mahallada qator muhim loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, jumladan, 1,2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 2 kilometr piyodalar yo‘laklarini barpo etish, aholi xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2 kilometr yangi elektr tarmog‘i tortish, 2 ta transformator o‘rnatish, 0,4 kilometr lotok qurish hamda 130 ta zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish kabi ishlar rejalashtirilgan.
Nazorat-tahlil jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputat mahalla vakillari va aholi bilan uchrashib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va takliflarini tingladi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Deputatlik nazorati — hududlarni rivojlantirish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmidir.

Slide 1 of 5