35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoliyatining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlarini rejalashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 6 OYLIK FAOLIYATI HAQIDA MA'LUMOT
янв.21
Tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Sobiq maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yana qayta tiklash imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
Aholining tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir toifa”dagi mahallada amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
Tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov hamda kotibiyat xodim N.Kurganova tomonlaridan tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Madaniyat saroyining binolari, tom qismi, ichki xonalar, tomoshabinlar zali hamda sahna infratuzilmasining bugungi holati tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, muassasada madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun zamonaviy sahna jihozlari, ovoz kuchaytirish va yoritish uskunalari, sahna pardalari hamda boshqa texnik anjomlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan madaniyat muassasalari aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim o‘rin tutishi, shu bois ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada Madaniyat saroyini bosqichma-bosqich ta’mirlash, sahnani zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda muassasaning jozibadorligini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3