🌿 Qonun ijrosi va atrof-muhit muhofazasi — deputatlik nazorati markazida
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Uzun saylov okrugi deputati S.Umarova tomonidan Gulshan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur Qonun tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
🔍 O‘rganish davomida mahalla hududida sanitariya holati, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish ishlarining tashkil etilganligi, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, aholi tomonidan ekologik talablarga rioya etilishi kabi masalalar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida atrof-muhitni muhofaza qilish, hudud obodonchiligini ta’minlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.