Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman budjeti ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy shifokor punkti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi murojaati bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlarini qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DAYDJEST
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Aholining murojaatlari bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Tuman budjeti ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida tuman budjetining 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil 30-dekabrdagi VII-24-118-10-136-K/25-sonli qaroriga asosan 2026-yil uchun tuman budjetining daromadlar rejasi 128 547 450 ming so‘m hamda xarajatlar rejasi 128 547 450 ming so‘m etib belgilangan.

🔺O‘rganish davomida tuman budjetining daromadlari rejasi 81 514 700 ming so‘m yoki 63,0 foizga bajarilayotganligi aniqlandi. Mazkur ko‘rsatkich yil boshidan buyon byudjet daromadlarini shakllantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatsa-da, ayrim manbalar bo‘yicha tushumlar rejadan ortda qolayotganligi kuzatildi. Xususan, tumandagi mol-mulkni ijaraga berish tushumlari 44 foizga, aksiz soliqlar 43 foizga, noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanilganlik solig‘i 18 foizga, davlat bojlari va jarimalardan tushumlar kelib tushmaganligi qayd etildi.

🔺Shuningdek, budjet mablag‘larining o‘zlashtirilishi bo‘yicha Madaniyat va sport ishlari bo‘limlari 36 foizga bajarilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kotibiyat mudiri tomonidan  mazkur ko‘rsatkichlarning past darajada bajarilishi sabablari yuzasidan mutasaddi tashkilotlar mas’ullari bilan muhokamalar o‘tkazib, daromad manbalarini kengaytirish, mavjud soliq bazasidan samarali foydalanish, davlat mulki obyektlaridan tushumlarni oshirish hamda budjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔺Mazkur masala oy yakuni bilan Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Slide 1 of 4