Tuman Kengashi deputati F. Radjabova 14-umumta’lim maktabida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
♻Tashrif davomida maydonchadagi sport va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, mashg‘ulotlarning mazmunli va qiziqarli tashkil etilishi, bolalarning faol ishtiroki o‘rganildi.
♻Deputat tomonidan sog‘lomlashtirish maydonchasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.