Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman budjeti ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy shifokor punkti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi murojaati bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlarini qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DAYDJEST
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Aholining murojaatlari bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish hamda suv ta’minoti tizimlari uzluksizligini yaxshilash masalasi yuzasidan deputatlardan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Boyovut tumani bo‘limi faoliyati, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, suv tarmoqlarining texnik holati, iste’molchilarni uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, investitsiya va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-784-son) talablarining ijrosi, mazkur qonun normalarining amaliyotga tatbiq etilishi hamda ichimlik suvi ta’minoti sohasida olib borilayotgan ishlarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ham tahlillar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tashkilot faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda avariya holatlariga tezkor munosabat bildirishda malakali ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi qayd etildi. Mas’ullar tomonidan mavjud vakant ish o‘rinlarini to‘ldirish va sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, Kengash kotibiyati mudiri tomonidan deputatlar tomonidan yuborilayotgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etish, ularda ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash hamda bu boradagi mas’uliyatni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etish uchun kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 10