Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati
янв.21
Aholi muammolari deputatlik so‘rovi orqali hal etilmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlarini o‘rgandi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining O‘TTIZ UCHINCHI SESSIYASI boʻlib oʻtdi.
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 8–12-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
Aholi muammolari tinglandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirova tomonidan tumanning “Qoronqul” mahallasida aholi vakillari bilan fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning murojaatlariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar hamda kundalik hayotda uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirdilar. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Vakolatli tashkilotlar ishtirokida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish belgilandi.

Slide 1 of 2