Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman budjeti ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy shifokor punkti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi murojaati bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlarini qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DAYDJEST
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Aholining murojaatlari bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev “Navro‘z” mahallasida joylashgan 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektning bugungi holati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, qurilish ishlarining sifati va loyiha talablariga muvofiq olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida, avval faoliyat yuritgan eski bino buzilib, uning o‘rnida zamonaviy talablar asosida 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda. Yangi muassasada bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, mazmunli dam olishi hamda pedagoglar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish nazarda tutilgan.

Slide 1 of 3