Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Sport maktabining faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va sportni rivojlantirish boʻyicha ishlarni oʻrganish
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Aholining tomorqadan foydalanish samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 30-mart – 3-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash raisi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati G.Raxmatova hamda G‘ozg‘on shahar Kengashi Kotibiyat mudiri F.Hojiyev bilan hamkorlikda shahardagi Marmarobod MFY, Marmarobod va Osiyo ko‘chalaridagi ichki yo‘llar holati atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida yo‘llarning asfalt qoplamasi holati, transport va piyodalar uchun qulaylik darajasi, suv oqimlarini tartibga solish, yo‘l chetlari va piyodalar yo‘laklarini saqlash hamda hudud infratuzilmasining umumiy holati batafsil tahlil qilindi. Shu bilan birga, hududdagi ko‘chalar bo‘yicha mavjud muammolar — transport harakati cheklovlari, suv bosishi xavfi, yoritish tizimi yetishmasligi va piyodalar uchun xavfsizlik talablari ham o‘rganildi.

Aholining yo‘llardan foydalanishdagi qiyinchiliklari, transport vositalarining harakatiga ta’sir qiluvchi omillar va hududdagi obodonlashtirish ishlari hamda yo‘llarni asfaltlash va ta’mirlash bo‘yicha masullarga aniq tavsiyalar berildi.

Deputatlar va Kotibiyat xodimi yo‘llarning sifatini oshirish, ularni muntazam texnik nazorat qilish, suv oqimlarini tartibga solish, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish va hududni yanada obodonlashtirish zarurligini alohida ta’kidladilar. Bundan tashqari, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, transport harakatini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda mahalla farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi rejalashtirildi. Shuningdek, ushbu ishlar hududdagi aholining qulayligi, transport xavfsizligi va shaharning umumiy obodonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2