Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Sport maktabining faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va sportni rivojlantirish boʻyicha ishlarni oʻrganish
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Aholining tomorqadan foydalanish samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 30-mart – 3-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash raisi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi
Turizm toʻgʻrisidagi qonun mazmun-mohiyati targʻib qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bazarova tomonidan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi O‘RQ–549-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida mazkur qonun asosiy maqsadi mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, turizm xizmati sifatini oshirish hamda ushbu yoʻnalishda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat ekani taʼkidlandi.

Qonunda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ichki va kirish turizmini kengaytirish, tarixiy-madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish hamda hududlar turistik salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi.

Uchrashuvda fuqarolarni turizm sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hudud turistik jozibadorligini oshirishga hissa qoʻshishga chaqirildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Slide 1 of 2