Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Chag‘atoyda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna Chag‘atoy mahallasida hududdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida hududdagi jinoyatchilik holati, uning oldini olish va jinoyatlarni barvaqt aniqlash, shuningdek, profilaktika tadbirlari samaradorligi keng qamrovda tahlil qilindi.

Shu jumladan:

  • Mahallada jinoyatchilikka qarshi olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari;
  • Yoshlar va ijtimoiy xavf ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va ijtimoiy nazorat;
  • Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy patrul va monitoring faoliyati;
  • Jinoyatchilikni kamaytirish va oldini olish uchun mahalla hamkorligi bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar batafsil o‘rganildi.

Deputat tomonidan profilaktika inspektorining amaliy ishlari samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, aholi va yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doimiy nazorat ostida bo‘lib, hududdagi xavfsizlikni oshirish va jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish rejalashtirilmoqda. 

Slide 1 of 3