Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Mohpar mahallasida ko‘chmas mulkka oid qonun mazmuni tushuntirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Mohpar mahallasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida muammolarga duch kelayotgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

Muloqot jarayonida ayrim fuqarolar tomonidan uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, meros asosida o‘tgan mulkni qonuniylashtirish hamda kadastr hujjatlaridagi kamchiliklar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Deputat tomonidan har bir murojaat alohida tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, mazkur qonun talablarini targ‘ib qilish hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirish berishga qaratildi.

Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash, zarur hollarda deputatlik so‘rovi yuborish orqali fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etishga ko‘maklashish ta’kidlandi. Mazkur muloqot qonun mazmunini aholiga yetkazish hamda fuqarolarning mulkiy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 2