Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-Farmonining Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish haqidagi 32-maqsadiga muvofiq tuman Ichki ishlar boshqarmasida probatsiya roʻyxatida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔷Uchrashuvda Bo‘stonliq tumani prokurori S.Xusayinov xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari F.Axmedov va tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A.Boymirzayevlar ishtirokida yoshlarning muammolari tinglanib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔷Shuningdek, yoshlarni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 2