Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
CHINOZ TUMANI.Sessiya

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyaga Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Salixov Sherzod Abduxakimovich raislik qildi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Chinoz tumanining 2026-yilga mo‘ljallangan mahalliy byudjetini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli ma’ruzalar tinglanib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Shuningdek, sessiya davomida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisini saylash masalasi ham ko‘rib chiqilib, Turdiboyev Abduvohid To‘xtaboyevich Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi etib saylandi.

Slide 1 of 5