Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI TAXIATOSH TUMAN KENGASHINING 17-SESSIYASI

Barchangizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais raislik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan ushbu tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman (shahar) Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 163-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining saylovi o‘tkazildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining raisi etib saylandi.

Yangi saylangan Kengash raisining faoliyati mahalliy vakillik organining nufuzini oshirish, deputatlar va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1