Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish bo‘yicha navbatdagi ishlar olib borildi. O‘rganish jarayonida uyma-uy yurib fuqarolarning yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan muammolar, ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kommunal infratuzilma bilan bog‘liq holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar joyida yozib olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi. Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, mahalladagi mavjud ehtiyojlarni o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholining turmush sifatini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur o‘rganish mahallada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash, har bir fuqaroning murojaati e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4