Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: ta’lim muassasalari infratuzilmasi yaxshilanmoqda

 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: ta’lim muassasalari
infratuzilmasi yaxshilanmoqda 

  

🔹 Farg‘ona tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
ishlari doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahodirjon Ahmadjonov
tomonidan Yuqori archa mahallasidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. 

🔹 O‘rganish jarayonida
aniqlangan muammolar deputatning qat’iy aralashuvi va tizimli nazorati bilan bartaraf
etildi. Xususan, maktabning isitish tizimi, yorug‘lik va infratuzilma holati ko‘rib
chiqilib, eski rusumdagi jabhalar va qurilish qismlari zamonaviy talablarga mos
holda ta’mirlandi. 

🔹 Kelgusida shunga o‘xshash muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi
maqsadida DXSh mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi va vaziyat deputat tomonidan
qat’iy nazoratga olindi. Bu chora-tadbirlar bolalarning qish mavsumida xavfsiz va
qulay ta’lim olishi, shuningdek maktab infratuzilmasi sifatining barqarorligiga
xizmat qiladi. 

🔹 Deputat tomonidan olib borilgan ishlar mahalla aholisi va ota-onalar
tomonidan ham yuqori baholanib, aholi bilan ochiq muloqot va hamkorlikni mustahkamlashga
xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 2