⚡️Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati M.Mirabdullayev tomonidan "Doʻstlik" mahalla fuqaro yigʻini hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
✅O‘rganishlar davomida har bir ijtimoiy soha obyektida mavjud sharoitlar, isitish tizimlarining tayyorligi, xavfsizlik choralari va zarur ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha obyekt rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Shuningdek “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yoshlar bandligini ta'minlash boʻyicha mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.