Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Sijjak" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya hamda Kengashdagi O‘zbekiston“Milliy-tiklanish” demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Tumanning maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaviy omillarni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganilmoqda.
янв.21
Islohotlar natijadorligi – xalq dardini eshitish va yechim topish bilan o‘lchanadi.
янв.21
INVESTITSIYA VA ISLOHOTLAR: YANGI O‘ZBEKISTONNING RUHI VA STRATEGIYASI
янв.21
Joylarda deputatlar tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Deputat munosabati

#deputat

#munosabat

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda “Amea Power”, “Etihad Water & Electricity”, “TAQA Water Solutions”, “AD Ports” va “Masdar” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi. Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, Vise-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyidagi BAAga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston-BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investisiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar va toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar soni oshmoqda.

Amirliklarning etakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 20 milliard dollardan ortdi. Toʻrtinchi Toshkent investisiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolandi. Energetika, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, ta'lim, shaharsozlik, suv ta'minoti va boshqa yoʻnalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi. 

✍️ Abralov Bunyod,

 Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati,