🔹Joriy yil 27-may kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Mirabdullayev "Besh-tut" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹 Tuman Kengashi deputati M.Mirabdullayev ushbu farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilishga, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 2025-yil 5-martdagi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga oid iqtisodiy o‘qishlar tashkil etilganligi ta’kidladi.
🔹Aholi bilan ochiq va samimiy suhbat shaklida o‘tgan uchrashuvda yuzaga chiqqan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.