35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
03 сентябр 2026

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni har tomonlama va puxta o‘rganish maqsadida Kengash raisi M.Tuychiyeva raisligida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamalar davomida kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalar vakolatlari doirasida ko‘rib chiqilib, ularning mazmun-mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq jihatlar atroflicha tahlil qilindi.

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tumandagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashib, ularni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, bilim olishda yuqori natijalar, namunaviy xulq-atvor va ezgu maqsadlar sari intilish tilab qolindi.
21 август 2026

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkor ayollarning faoliyati, duch kelayotgan muammolari va ularni hal etish bo‘yicha takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

imgSessiya kun tartibidan qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, yoshlar siyosati, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlik va «Yashil makon» loyihasi ijrosi kabi muhim masalalar o‘rin oldi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari, «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish masalalari ham muhokama qilindi.
15 август 2026

QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-19-14-1-19-K/26-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-48-sonli qarorining Bo‘ston tumanida ijrosi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalasi Kengash raisi M.Tuychiyeva hamda doimiy komissiya raisi B.Boltaboyev tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-22-46-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kengash raisi M.Tuychiyeva va doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev tomonidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-22-46-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kengash raisi M.Tuychiyeva va doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev tomonidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Bo‘ston tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi veterinariya uchastkalari tomonidan hududlarda veterinariya xizmatlarini tashkil etish, chorva mollari salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va epizootik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan deputatlik nazorati tartibida Bo‘ston tumani Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jamoatchilik tashabbuslari asosida taklif etilgan loyihalarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda tahlil ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi va ishchi komissiya tomonidan har bir tashabbusning mazmun-mohiyati, aholi uchun ahamiyati hamda hudud ehtiyojlariga qanchalik mos kelishi atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam

imgXalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan deputatlik nazorati tartibida Bo‘ston tumani Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jamoatchilik tashabbuslari asosida taklif etilgan loyihalarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda tahlil ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi va ishchi komissiya tomonidan har bir tashabbusning mazmun-mohiyati, aholi uchun ahamiyati hamda hudud ehtiyojlariga qanchalik mos kelishi atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida olib kelingan mahsulotlar belgilangan maqsadlar asosida foydalanishga mo‘ljallangani, ularning saqlanishi va amaliyotga joriy etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

imgO‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida olib kelingan mahsulotlar belgilangan maqsadlar asosida foydalanishga mo‘ljallangani, ularning saqlanishi va amaliyotga joriy etilishi holati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, maktabning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning qog‘ozda emas, balki amalda o‘z samarasini berishi, har bir ajratilgan mablag‘ xalq manfaati yo‘lida maqsadli sarflanishini ta’minlashdan iborat.