Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ishtixon tumanida maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ–330-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil yakuniga qadar mamlakat bo‘yicha kambag‘al oilalarning 3–7 yoshli farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 12-fevralda Vazirlar Mahkamasining “2025–2026 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-son qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror ijrosini joylarda nazorat qilish va amaliy holatni o‘rganish maqsadida Ishtixon tumanidan Xalq deputatlari Kengashining 24-Qulchara saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberganova Gulpashsha Sharipovna tomonidan tuman hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida maktabgacha ta’lim muassasalarining bugungi holati, mavjud imkoniyatlar, kambag‘al oilalar bilan ishlash samaradorligi chuqur tahlil qilindi. Jumladan, 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish uchun hududiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda qo‘shimcha chora-tadbirlar zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, aholining to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan, kambag‘al oilalar soni kam bo‘lgan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish samarali yo‘l sifatida ko‘rsatildi. Aholisi oz, hududi olis va chekka joylarda esa oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Deputat ta’kidlaganidek, bu kabi chora-tadbirlar maktabgacha ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, ayniqsa, kambag‘al oilalarning farzandlariga sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4