Ayni vaqtda Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi raisi Ruslan Ro'ziyev mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik loyihalari bilan tanishmoqda.
Xususan, "Navro'z" va "Sho'rtepa" mahallalaridan o'tgan zovurda keng ko'lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, bu yerni o'rdakchilikka ixtisoslashtirish, atrofida aholi dam olishi va hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida ishlar davom etmoqda.