Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Korrupsiya qarshi kurashish borasidagi islohotlar samarasi:

Bugun Termiz tumani hokimligida Termiz tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zolari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiya tarkibidagi barcha aloqador shaxslar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Termiz tuman hokimi,Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi, Sh.Nazarov tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, lavozimidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vazifalari, uni keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 6