Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatiningmaqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalardaaholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. 

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov, MTDP Surxondaryo viloyati Kengashining deputatlar, deputatlik birlashmalari va BPT lar ishlash bo‘yicha bosh
mutaxassisi T.Allashevlar shahar “Shodlik” mahallasida mahalla faollari ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomidaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar
deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori hamda Surxondaryo viloyatidan saylangan Senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, hokimliklar, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar hamda agroklaster egalarining vohamiz aholisiga "Viloyatimizning har bir go‘shasini bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishda barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!" mavzusidagi murojaatining mazmun-mohiyati yuzasidan yilg‘ilish ishtirokchilariga tushunchalar berilib, mahalla hududini rivojlantirish aholi muammоlаriпi samarali hal etishda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mahallada sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ'ib qilish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 6