Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tuman Yoshlar ishlari boʻlimida Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tumandagi Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yigʻilishda madaniyat, sport va aholi dam olish jamoat joylaridagi infratuzilma obyektlarining holati, sanʼat va sport yoʻnalishlariga yoshlarni keng jalb qilish, qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solishga oid dastlabki maʼlumotlar oʻzaro almashildi. 10 - mart sanasidan boshlab tuman Kengashi deputatlari Yoshlar ishlari boʻlimi, Madaniyat boʻlimi va sport maktablari bilan hamkorlikda mazkur masalani joylarga borib oʻrganish boʻyicha kelishib olind

Tuman Yoshlar ishlari boʻlimida Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tumandagi Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yigʻilishda madaniyat, sport va aholi dam olish jamoat joylaridagi infratuzilma obyektlarining holati, sanʼat va sport yoʻnalishlariga yoshlarni keng jalb qilish, qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solishga oid dastlabki maʼlumotlar oʻzaro almashildi. 10 - mart sanasidan boshlab tuman Kengashi deputatlari Yoshlar ishlari boʻlimi, Madaniyat boʻlimi va sport maktablari bilan hamkorlikda mazkur masalani joylarga borib oʻrganish boʻyicha kelishib olindi.
Yigʻilishda Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi J. Norbekov, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi K. Usmonov, Madaniyat boʻlimi va sport maktablari mutasaddilari ishtirok etdi. 

Slide 1 of 5