Bo‘ston tumanida payshanba kuni an’anaviy tarzda yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Mamarizayev ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglandi.
💬 Uchrashuv davomida: 🎓 ta’lim va kasbga yo‘naltirish; 💼 bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari; 🏠 ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklatildi va ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
🎯 Asosiy maqsad — yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish va kelajagi uchun mustahkam zamin yaratish.