Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati N.Koʻzievaga aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati K.Axmedova oʻz saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini nazorat tartibida oʻrgandi.
янв.21
Belgilangan jadval asosida xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati B.Solieva tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
янв.21
Хalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati J.Raxmonov tomonidan hududdagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi raisi M.Tuychieva tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari va kutubxona faoliyati nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
9–11-sinf oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati J.Raxmonov tomonidan tumandagi sport maktabi faoliyati va mavjud sharoitlari oʻrganildi.
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MUHIM MAJLISI O‘TKAZILDI.

  Xalq deputatlari Chinoz tumanI Kengashining Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Majlis kun tartibidan o‘rin olgan masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxt muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-46-son Farmoni hamda 2023-yil 23-noyabrdagi “Respublikasida yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-199-son Farmonlari ijrosi bo‘yicha Chinoz tumanida 2024-yil kuz mavsumida bajarilgan ishlar hamda 2025-yil bahor mavsumida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari hamda Chinoz tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

    Kun tartibidagi masala muhokamasida deputatlar D.Teshabayev, R.Raxmatov, E.Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

    Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Rustamjon Raxmatov

Slide 1 of 5