Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B. Soliyeva hamda “Bog‘i eram” mahalla fuqarolari yig‘ini faollari hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar masalalariga oid dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.