Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Oila tinchligi - jamiyat farovonligi asosidir.

🔷 Farg‘ona tuman hokimi o‘rinbosari X.Abdug‘aniyeva, tuman XDP rahbari B.Sobirova, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati O.Dadajonova, tuman hokimi maslahatchisi M.Obidova hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarining bir qator faol ayollari ishtirokida ajrim yoqasidagi oilalar o‘rganildi.

 🔷 Jumladan Qorasuv MFYda istiqomat qiluvchi M.T. 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan 9 oydan buyon ota xovlisida ekanligi turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro munosabatlarida muammo yo‘qligi 3 chi shaxslar aralashuvi sabab oila ajrim yoqasiga kelib qolganligi aniqlandi.  

🔷 O‘rganish jarayonida Obod MFYda istiqomat qiluvchi oila A.S.lar oilasi 2024-yil sentyabr oyida turmush qurganliklar oila 70 kun birga yashab kelisha olishmaganliklari sabab ajrim so‘rab murojaat qilganliklari aniqlandi. Ushbu oila bilan individual ishlashga kelishib olindi. 

🔷 Yuqori Archa MFYning fuqarosi F.Xayitovning ajrim bo‘yicha murojaati eshitildi biroq turmush o‘rtog‘i ishtirok etmaganligi sababli ikki tomon ishtiroki ta’minlangandan so‘ng ko‘rilishiga kelishib, oilalarga kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi

Slide 1 of 4