O‘rganish jarayonida 2025-yil 5-sentyabrda qabul qilingan VII-11-127-1-19-K/25-sonli qaror ijrosi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Ochiq byudjet» axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Bo‘ston tumani Ko‘hinur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 6-umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha «Ochiq byudjet» loyihasi g‘olib bo‘lgani hamda mazkur loyiha doirasida olingan mahsulotlar holati nazorat tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, aholi tomonidan bildirilgan tashabbuslarning amalda o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor qaratildi.