35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
#huquqiy_axborot_soati 🗣Mobil guruhlar faoliyati – maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam

Mazkur qaror bilan, eng avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan yoki ularning quvvati yetarli bo‘lmagan hududlarda yashovchi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlash hamda zamonaviy ta’lim metodlari asosida tarbiyalashning samarali mexanizmlari joriy etildi. Mobil guruhlar aynan shu ehtiyojdan kelib chiqib tashkil etilib, olis va chekka hududlardagi bolalarning ham sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

💬Qarorga muvofiq, mobil guruhlar zarur o‘quv-metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin vositalari va zamonaviy jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Mashg‘ulotlar bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilib, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, nutqini boyitish, mantiqiy fikrlashini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan.

💬Shuningdek, mobil guruhlar faoliyatida ota-onalar bilan hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Farzand tarbiyasida oilaning mas’uliyatini oshirish, ota-onalarga pedagogik tavsiyalar berish, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari muntazam olib boriladi. Bu esa ta’lim jarayonining uzluksizligi va samaradorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

💬Mobil guruhlar orqali bolalarda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari, ekologik madaniyat hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalanilishi bolalarning bilimlarni qiziqish bilan o‘zlashtirishiga imkon yaratmoqda.

💬Bugungi kunda mobil guruhlar tizimini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda.

🫥Maktabgacha ta’lim – inson kamolotining ilk va eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu bois, mobil guruhlar faoliyatini rivojlantirish orqali har bir bolaga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning bilimli, sog‘lom, barkamol va Vatanga sadoqat ruhida voyaga yetishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.