Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Munosabat

Munosabat

30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish va raqobatbardosh mutaxassislar qilib tayyorlashga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Xususan, zamonaviy kasblarni egallash va malakasini oshirish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «kasb vaucheri» tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim doirasida har yili 50 ming nafar yoshga foizsiz ssuda asosida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilib, ularning xalqaro talablarga mos kasb va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish xarajatlari qoplab beriladi.

Shu bilan birga, ehtiyojmand oilalardagi 85 ming nafar ishsiz yoshning xususiy ta’lim muassasalarida kasb-hunar o‘rganishi uchun bepul vaucherlar taqdim etiladi. Bu orqali yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga tayyorlash va ularning doimiy ish bilan ta’minlanishiga keng imkoniyat yaratiladi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva

Slide 1 of 1