35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Bo‘ston” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli Z.Marajapovaning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari hamda "Ayollar daftari" yuritilishi holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahallada "Ayollar daftari"ga jami 100 nafar xotin-qiz kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Ular bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, moddiy va huquqiy ko‘mak berish hamda muammolarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Xususan, 1-toifaga kiritilgan 25 nafar xotin-qizdan 24 nafarining muammolari ijobiy hal etilgani, ularga zarur ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ko‘maklar ko‘rsatilgani qayd etildi. Qolgan bir nafar fuqaroning muammosini hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, 3-toifaga mansub 3 nafar xotin-qizdan 2 nafarining yashash xonadonlarining ijara to‘lovlari to‘lab berilgani, bu orqali ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani aniqlandi. Qolgan murojaat bo‘yicha ham belgilangan tartibda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan xotin-qizlarning muammolarini erta aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish, har bir murojaatni manzilli o‘rganish hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan doimiy va samarali ishlash bo‘yicha xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2