35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
Termiz tumani aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Termiz tumani aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri – Termiz tumani aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Termiz tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A. Hasanovning hisoboti ko‘rib chiqildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2026-yilning birinchi yarim yilligida tuman hududidagi aholi va ulgurji iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda infratuzilmani yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, belgilangan reja asosida 28 ta transformator punkti mukammal ta’mirlanib, 72,1 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, 43 ta transformator punkti va 172,1 kilometr elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib, reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi.

Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida "Islom taraqqiyot banki" ishtirokida amalga oshirilayotgan "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Mazkur loyiha asosida "Yangiobod", "Orol", "Nurafshon" va "Yangihayot" mahallalarida yangi transformator punktlari o‘rnatilib, yuzlab temir-beton tayanchlar tiklandi hamda qariyb 50 kilometrga yaqin yangi havo elektr uzatish tarmoqlari qurildi. Aholini yangi elektr tarmoqlariga ulash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida Sh. Rashidov, Quyoshli yurt, Qoraxon, Amir Temur, Termiz va Istiqlol mahallalarida mavjud transformatorlarning quvvati oshirilib, qo‘shimcha elektr uzatish tarmoqlari tortilgani ta’kidlandi.
Hisobotda Prezidentimizning tegishli farmonlari asosida "Yangi O‘zbekiston" massivida qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida yuqori quvvatli transformator punktlari ishga tushirilgani, "Kelajak" mahallasida esa "Drayver" loyihasi doirasida yangi transformator o‘rnatilgani qayd etildi. Bundan tashqari, "Qahramon", "Sabzipoya" va "Guliston" mahallalarida ham elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar amalga oshirilgan.
Elektr energiyasidan oqilona foydalanish va noqonuniy ulanishlarning oldini olish maqsadida muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilib, qonunbuzilish holatlari aniqlangani hamda zamonaviy elektr hisoblagichlari va konsentratorlar o‘rnatilgani yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham tahlil qilinib, kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ko‘rib chiqilgani, ijobiy hal etilgan murojaatlar ulushi hamda jarayonda bo‘lgan murojaatlar haqida axborot berildi.
Sessiyada 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida kecha-kunduz navbatchilik yo‘lga qo‘yilgani, to‘rtta tezkor-ta’mirlash brigadasi zarur texnika, ehtiyot qismlar va materiallar bilan to‘liq ta’minlangani ma’lum qilindi.

Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazilib, tuman aholisini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.