35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi

Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Choriyev Sodiq Baxromovichning “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan qabul qilingan farmon va qarorlar asosida ichki ishlar organlari faoliyati tubdan takomillashtirilib, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida Termiz tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik hamkorligida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, jinoiy uyushma tashkil etish, qiynash, mansab vakolatidan chetga chiqish, yolg‘on guvohlik berish, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga jalb etish kabi bir qator og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi qayd etildi.

Hisobotda tumanda jami 135 ta jinoyat sodir etilgani ma’lum qilindi. Shundan:

102 tasi aniqlanadigan jinoyatlar;
24 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar;
11 tasi mahallalarda oldi olinadigan jinoyatlar;
9 tasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarning:
9 tasi yoshlar;
3 tasi guruhlar;
2 tasi mast holatdagi shaxslar;
3 tasi muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgani qayd etildi.

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 29 tadan 24 taga, ya’ni 5 taga yoki 17,2 foizga kamaygan. Jumladan:
qotillik – 1 ta;
og‘ir tan jarohati yetkazish – 2 ta;
o‘g‘irlik – 7 ta;
bezorilik – 1 ta;
firibgarlik – 2 ta;
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish – 2 ta;
yo‘l-transport hodisalari – 9 ta qayd etilgan.

Aniqlanadigan jinoyatlar soni esa 60 tadan 102 taga, ya’ni 42 taga yoki 70 foizga oshgani ma’lum qilindi. Ular orasida:
odam savdosi – 2 ta;
giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar – 26 ta;
kontrabanda – 43 ta;
pora olish – 2 ta;
pora berish – 2 ta;
davlat mulkini talon-toroj qilish – 4 ta;
chegara qoidasini buzish – 7 ta;
mast shaxsga transport boshqarishiga yo‘l qo‘yish – 4 ta;
hujjat soxtakorligi – 5 ta;
OITS kasalligini tarqatish – 1 ta;
bojxona qonunchiligini buzish – 2 ta;
elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish – 2 ta holat aniqlangan.
Yo‘l-transport hodisalari soni ham 14 tadan 9 taga, ya’ni 35,7 foizga kamaygani qayd etildi. Mazkur hodisalar Jo‘yijangal, Amir Temur, Nurli diyor, Bunyodkor, Uchqizil mahallalarida bittadan, Navro‘z va Xalqobod mahallalarida esa ikkitadan sodir etilgan.

Hisobot davomida alohida toifadagi shaxslar tomonidan sodir etilgan 17 ta jinoyat tahlil qilinib, ularning 9 tasi yoshlar, 3 tasi guruhlar, 2 tasi mast holatdagi shaxslar, 3 tasi muqaddam sudlanganlar hamda 3 tasi ishsiz fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, "Profilaktika kuni" tadbirlari doirasida barcha hamkor tashkilotlar ishtirokida mahallabay, xonadonbay va oilabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani, xonadonlarga kirib fuqarolarning muammolari o‘rganilib, imkon qadar joyida bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Hisobot yakunida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida profilaktik suhbatlar muntazam o‘tkazilayotgani hamda 2026-yil yakuniga qadar jinoyatchilikni yanada kamaytirish va og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab o‘tildi.