35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
#Doimiy_kommissiya_yig'ilishi

#Doimiy_kommissiya_yig'ilishi

Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablari asosida ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” va “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raislarining navbatdagi qo'shma yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig'ilishda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev, domiy komissiya raislari D.Axmedkulov, M.Gulamov, Nurafshon korxona tashkilot bo'limi rahbarlai va doimiy kamissiya a'zolari qatnashdilar.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
_Aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shahardagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisining 6 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
_Shahar Adliya bo‘limi tomonidan 6 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
_O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 6 oy mobaynida shahar prokurorining amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;
_Shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning II-choragi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil iyun oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
_Nurafshon shahridagi 2026-2027-o‘quv yili uchun 9, 25, 26, 48, 57-sonli umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’lim maktablarini “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish to‘g‘risida;

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar axborotlari tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Yakunda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, Kengash sessiyasiga kiritish uchun tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3